«Toshkent-Sharqiy» aeroportida 4 kilometr uzunlikdagi uchish-qo‘nish yo‘lagi yangilandi

«Toshkent-Sharqiy» aeroportida 4 kilometr uzunlikdagi uchish-qo‘nish yo‘lagi yangilandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda. Shavkat Mirziyoyev aeroport qurilishini ko‘zdan kechirdi.
Aeroport rekonstruksiyasi xalqaro talablarga javob beradigan tez va xavfsiz parvozlarni ta’minlashga xizmat qiladi.
Hozirda yuqori martabali mehmonlar va biznes-aviatsiya uchun ikki terminal, perron va angarlar qurilmoqda. Ob-havo yomon bo‘lgan holatlarda ham parvozlarni amalga oshirish uchun ilg‘or texnologiyalar o‘rnatilayotgani qayd etilgan.
Prezident loyiha texnikalari va arxitekturaviy yechimlari bilan tanishgan. Davlat rahbari qurilish ishlarini tezlashtirish, xizmat sifatini oshirish bo‘yicha topshiriqlar bergan.
Avvalroq prezident «Made in Central Asia» savdo belgisini joriy etishni taklif qilgani haqida yozgan edi.