Samarqandda qalbaki alkogol mahsulotlari fosh etildi

eʼlon qilindi
Payariq, Paxtachi va Ishtixon tumanlarida
Samarqandda qalbaki alkogol mahsulotlari fosh etildi / Foto: Bosh prokuratura departamenti

Samarqand viloyatining bir nechta tumanida iste’molga yaroqsiz va qalbaki aktsiz markali alkogol mahsulotlarini sotayotgan do‘konlar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti ma’lum qildi.

Foto: Bosh prokuratura departamenti

Payariq tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fermer xo‘jaligi rahbari 85 mln so‘mlik 1 575 dona qalbaki alkogol va 1 ming quti tamaki mahsulotlarini noqonuniy ravishda sotayotgani fosh etildi.

Shuningdek, Paxtachi va Ishtixon tumanlarida ham 144,1 mln so‘mlik 4 556 dona qalbaki alkogol va 400 quti tamaki mahsulotlari savdosi aniqlanib, daliliy ashyolar sifatida olib qo‘yildi.

Foto: Bosh prokuratura departamenti

Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham Andijon va Xorazmda qalbaki alkogol mahsulotlari savdosi fosh etilgan edi.

Shuningdek