Diyora Keldiyorova XJF Atletlar komissiyasi saylovida ishtirok etmoqda

eʼlon qilindi
Akkreditatsiyadan o‘tgan sportchilar ovoz berish huquqiga ega bo‘ladi
Diyora Keldiyorova IJF Atletlar komissiyasi saylovida ishtirok etmoqda / Foto: IJF

Budapeshtda o‘tayotgan jahon chempionati doirasida Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) Atletlar komissiyasi uchun saylov boshlandi. Bu haqda «Dunyo» AA ma’lum qildi.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi xabariga ko‘ra, faqat akkreditatsiyadan o‘tgan sportchilar ovoz berish huquqiga ega.

Nomzodlar orasida «Parij – 2024» Olimpiadasi g‘olibi Diyora Keldiyorova ham bor. Unga Darya Bilodid (Ukraina), Ryonosuke Haga (Yaponiya), Natan Kas (Avstraliya) va Keytlin Kuadros (Braziliya) raqobatchi bo‘lmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Uta Abe Diyora Keldiyorovaga «vizov» tashlagan edi.

Shuningdek