«O‘zbekiston temir yo‘llari» poyezdlar harakatiga cheklov qo‘yilishiga izoh berdi

eʼlon qilindi
Harakat tezligi cheklovlari yo‘l xo‘jaligi tomonidan belgilanadi
Toshkent–Xiva yo‘nalishi
«O‘zbekiston temir yo‘llari» poyezdlar harakatiga cheklov qo‘yilishiga izoh berdi. Foto: «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ

O‘zbekistondagi kuchli issiq tufayli yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida poyezdlar harakatiga tezlik cheklovlari joriy etildi. «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ bu jarayon qanday kechayotgani haqida Kursiv Uzbekistan nashriga izoh berdi.

Shuningdek, ayrim poyezdlar sovitish tizimining samaradorligi pasayishi va manzillarga jadvaldan kech yetib borishi mumkinligi ma’lum qilingandi.

«Ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan o‘rnatilgan tartibda yo‘lovchi vagonlarini 160 km maksimal tezlikda yurishi belgilangan. Ishlab chiqarish zaruriyati tufayli, yoz mavsumida temir yo‘llarida profilaktik ishlarni amalga oshirish maqsadida yo‘lovchi poyezdlar harakat tezligiga cheklovlar qo‘yiladi. Ushbu cheklovlar yo‘lovchi vagonlar tezligi harakatiga o‘rnatilgan tartibda belgilanmagan», – dedi «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ matbuot kotibi Alisher Baltabayev.

Ma’lum qilishicha, harakat tezligi cheklovlari yo‘l xo‘jaligi tomonidan relslarni me’yoriy ravishda ishlashini ta’minlash maqsadida belgilanadi.

Havo harorati 40 va 45 darajadan oshganidan keyin yo‘lovchi vagonlarning havo sovitish tizimi ishlashi pasayadi.

«Ushbu holatni oldini olish hamda havo sovitish tizimi ishlashini me’yoriy darajaga keltirish maqsadida, har bir havo sovitish tizimida qo‘shimcha ishlar olib boriladi. Jumladan, filtrlar ochilib, radiatorlar suv bilan yuvib tozalanadi. Freon bosimlari me’yoriy darajaga keltiriladi. Ventilyator podshipniklari moylanib, akkumulyatorlar qo‘shimcha ravishda quvvatlanadi», – dedi u.

Shu qatorda yozda yo‘lovchilarga AJ tomonidan qo‘shimcha ravishda salqin mineral suv ichimligi bilan ta’minlanishi yo‘lga qo‘yilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri 15-iyundan ayrim poyezdlar jadvaliga o‘zgartirish kiritilishi haqida yozgandi.

Unga ko‘ra, «Buxoro/Qarshi – Toshkent markaziy» yo‘nalishidagi poyezd Samarqanddan soat 08:07 da harakatlanib, 12:18 da Toshkentga yetib keladi.

«Toshkent janubiy – Shovot/Xiva» yo‘nalishidagi poyezd soat 21:40 da harakatlanadi.

«Shovot/Xiva – Toshkent janubiy» yo‘nalishida esa Kattaqo‘rg‘on – Samarqand oralig‘ida o‘zgarish bo‘ladi.

«Termiz – Toshkent janubiy» (79) poyezdi soat 08:15 da, Xojikentdan Toshkent janubiygacha harakatlanuvchi poyezd soat 12:32 da yetib keladi.

Sirdaryo va Toshkent o‘rtasida qatnovchi poyezdlar mos ravishda 04:30 va 19:50 da harakatlanadi.

Shu bilan birga, Xavastdan chiqadigan 6453-sonli poyezd 03:43 da harakatlanib, 07:19 da Toshkent janubiyga keladi.

Avvalroq, 15-iyundan Afrosiyob poyezdi yangi jadval asosida harakatlanishi haqida xabar berilgandi.

Shuningdek