Supermarketlarda karam va go‘sht arzonlashdi, limon qimmatlashdi – IMRS

2025-yil iyun oyida Toshkent shahridagi yirik supermarketlarda ayrim oziq-ovqat mahsulotlari narxi pasaydi. Bu haqda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (IMRS) xabar berdi.
Monitoringga ko‘ra, 9 turdagi mahsulotning eng arzon narxi kamaygan. Jumladan:
- Oqbosh karam narxi 64,2 foizga,
- Pomidor – 44,7%,
- Bodring – 36,5%,
- Lavlagi – 21,5%,
- Banan – 13%,
- Olma – 8,4%,
- Guruch – 7,3%,
- Mol go‘shti (file) – 6,3%,
- Kartoshka – 6% ga arzonlashgan.
Shu bilan birga, 6 mahsulot narxi ko‘tarilgan. Ayniqsa, limon narxida keskin o‘sish kuzatilgan. Mutaxassislar bu holatni mavsumiy omillar bilan izohlashmoqda.

Yana 6 turdagi mahsulotda narxlar o‘zgarmagan. Ular: un, grechka, makaron, tuxum, margarin va kungaboqar yog‘i.
Ushbu tahlil 7-may va 12-iyun oralig‘ida olib borilgan monitoring ma’lumotlariga asoslangan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri oziq-ovqat qo‘shimchalari reklamasi sabab Telegram kanal adminiga javobgarlik belgilangani haqida yozgan edi.