«Rosatom» va «Uzatom» O‘zbekistonda AES qurilishi bo‘yicha bitimni imzoladi

Rossiyaning «Rosatom» va O‘zbekistonning «Uzatom» agentligi atom elektr stansiyasi (AES) qurilishi loyihasiga oid hujjatlarni imzoladi. Bu haqda «Rosatom» bosh direktori Aleksey Lixachyov ma’lum qildi.
«Biz hozirgina Qozog‘iston va O‘zbekiston bilan ikkita hujjat imzoladik (Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi (SPIEF) doirasida). Ular uchun eng yaxshi stansiyalarni quramiz. Balki stansiyalar hatto hozirda biz o‘zimiz uchun qurayotganlarimizdan ham yaxshiroq bo‘ladi», – dedi Lixachyov.
Ma’lumot uchun, SPIEF 18–21-iyun kunlari bo‘lib o‘tmoqda. Joriy yildagi asosiy mavzu «Umumiy qadriyatlar – ko‘p qutbli dunyoda o‘sish asosi» bo‘ldi.
Shuningdek, u kichik AES bo‘yicha O‘zbekistonda dunyodagi birinchi eksport loyihasi amalga oshirilishini ham ma’lum qildi.
«O‘zbekistonda barpo etilayotgan kichik modul AES – bu yer yuzidagi zamonaviy kichik AES’ning ilk eksport mahsuloti bo‘ladi”, – dedi «Rosatom» rahbari.
Shu bilan birga, Lixachyov kichik va yirik AES loyihalarini yagona inshoot sifatida optimallashtirish kapital xarajatlarni 10 foizgacha kamaytirishga yordam berishini ta’kidladi.
«Kichik AESdan olinadigan daromad, yirik AESlar qurilishining yakuniy bosqichidagi investitsion va kapital xarajatlarni sezilarli darajada kamaytiradi”, – deya qo‘shimcha qildi u.
O‘zbekistonda AES qurilishi bo‘yicha jarayon qanday kechmoqda

Avvalroq «Kursiv» Aleksandr Novak Rossiya O‘zbekistonda to‘rtta AES bloki qurishi haqida ma’lum qilganini yozgandi.
Respublikada 2 GVt quvvatga ega yirik atom elektr stansiyasini qurishni rejalashtirayotgan. Uning qo‘shimcha qilishicha, a 55 MVt quvvatga ega ikkita blok ham barpo etiladi.
«AES qurilishining aniq iqtisodiy parametrlari muhokama qilinmoqda. Bu 1000 MVt quvvatga ega ikkita energoblok va 55 MVt quvvatga ega ikkita kichik blok bo‘ladi. O‘zbekistonda avval kichik quvvatli atom stansiyasini amalga oshiramiz”, – deya ta’kidlagan Novak.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda kichik AESning birinchi blokini ishga tushirish 2029-yil oxirigacha rejalashtirilgan bo‘lib, prezident Shavkat Mirziyoyev va uning rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin elektr stansiyasini qurish bo‘yicha kelishuvga erishgan.
O‘zbek korxonalari Jizzax viloyatida atom elektr stansiyasi (AES) qurilishida ishtirok etadi. Kompaniyalar sement, armatura, metall konstruksiyalar va elektr kabellari yetkazib beradi. Shuningdek, tadbirkorlar yo‘llar, suv ta’minoti tizimlari va infratuzilma qurilishida ishtirok etadi.
Kichik AES uchun beton quyish ishlari 2026-yilga rejalashtirilgan. Qurilish ishlari shu yil yozda boshlanishi, foydalanishga topshirilishi esa 2029 – 2033-yillarga belgilangan.