O‘g‘rilar Toshkentdagi do‘kondan 41 ta iPhone o‘g‘irlab ketishdi

eʼlon qilindi
O‘g‘irlangan mahsulotning qiymati 330 mln so‘mdan oshgan
Кража в Ташкенте
Foto: TheRegisti / Unsplash

Toshkentning Chilonzor tumanida ikki nafar jinoyatchi do‘kondan 41 ta iPhone’ni o‘g‘irlab ketdi, deb xabar qildi poytaxt Ichki ishlar boshqarmasi.

Smartfonlar yo‘qolgani haqida huquq-tartibot idoralariga do‘kon egasi xabar bergan. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘g‘irlangan narsaning qiymati 330 mln so‘mdan oshgan.

Keyinroq o‘g‘irlikni uch marta sudlangan o‘zbekistonlik va uning voyaga yetmagan sherigi sodir etgani ma’lum bo‘ldi. Ularning ikkisi ham qo‘lga olindi.

Jinoyatchilar smartfonlarni sotib, noqonuniy pullarni bo‘lishishga ulgurishgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Sirdaryoda qalbaki dollar sotayotgan shaxslar ushlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek