O‘zbekiston Markaziy Osiyoda investitsiyalar jalb qilish bo‘yicha Qozog‘istondan o‘zib ketdi

eʼlon qilindi
Qozog‘iston oxirgi 30 yil davomida bu borada yetakchilik qilib kelgan
O‘zbekiston Markaziy Osiyoda
O‘zbekiston Markaziy Osiyoda investitsiyalar jalb qilish bo‘yicha Qozog‘istondan o‘zib ketdi. Foto: depositphotos.com

2024-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy Osiyoda orasida to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar (TXXI) hajmi bo‘yicha yetakchilikni qo‘lga kiritdi. Shu tariqa mamlakat oxirgi 30 yil davomida bu borada yetakchilik qilib kelgan Qozog‘istonni ortda qoldirdi. Bu haqda BMT Savdo va taraqqiyot bo‘yicha konferensiyasida ma’lum bo‘ldi.

Unga ko‘ra, 2024-yilda O‘zbekistonga kirib kelgan to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar (TXXI) hajmi $2,8 milliardni tashkil etdi. Shu bilan birga, Qozog‘iston 1992-yildan beri ilk bor $2,55 milliardlik manfiy saldoni ko‘rsatdi.

Mintaqadagi boshqa davlatlar ko‘rsatkichi:

  • Turkmaniston – $1,6 milliard;
  • Qirg‘iziston – $705 million;
  • Tojikiston – $291 million.

Shu bilan Qozog‘iston ilk bor barcha qo‘shni davlatlardan ortda qolib, reytingning eng past pog‘onasidan joy oldi.

Tahlilchilarning ta’kidlashicha, jahon miqyosidagi umumiy TXXI oqimi avvalgi yilga nisbatan 11 foizga kamayib, $1,5 trillionni tashkil etdi. Bu ketma-ket ikkinchi yilda kuzatilgan pasayishdir.

Biroq Qozog‘istondagi keskin pasayish Markaziy Osiyo mintaqasi uchun o‘ziga xos holat bo‘ldi. Avval hech bir davlat pozitsiyasini bu qadar keskin yo‘qotmagan.

O‘zbekistondagi investitsiyalar

O‘zbekiston esa ijobiy va barqaror o‘sishni namoyish etmoqda. Jumladan, 2024-yilda raqamli iqtisodiyotga $900 million dollar sarmoya jalb etilgan. Bu mamlakatda telekommunikatsiya sohasi isloh qilinishi va raqamli xizmatlarga talab oshgani bilan izohlanadi.

Transport loyihalariga esa $1 milliarddan ortiq investitsiya kiritilgan. 2020 – 2024-yillar oralig‘ida esa mamlakat energetika yo‘nalishida 40 dan ortiq loyiha doirasida $18 milliard miqdorida sarmoya jalb qildi. Bu Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng yaxshi natijadir.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Andijonda baliqchilikka 25,7 milliard so‘m investitsiya kiritilishi haqida yozgandi.

Shuningdek