Endi AQSh vizasiga topshiradigan o‘zbekistonliklar ijtimoiy tarmoqlarini ochib qo‘yishi kerak

eʼlon qilindi
Yolg‘on ma’lumot berish kelajakda viza olish huquqidan mahrum bo‘lishga olib kelishi mumkin
AQSh talaba vizasi
Endi AQSh vizasiga topshiradigan o‘zbekistonliklar ijtimoiy tarmoqlarini ochib qo‘yishi kerak. Foto: Amber

AQSh vizasiga murojaat qilayotgan fuqarolar uchun yangi talab kuchga kirdi. Bu haqda AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, F, M yoki J toifasidagi noimmigratsion vizaga ariza topshirayotganlar barcha ijtimoiy tarmoq akkauntlaridagi maxfiylik sozlamalarini «ommaviy» holatga o‘tkazishi shart.

AQSh hukumatining izoh berishicha, bu chora fuqaroning shaxsini aniqlash va Qo‘shma Shtatlarga kirish huquqiga ega-emasligini aniqlashni osonlashtiradi. Mazkur talab AQSh milliy xavfsizligiga tahdid soluvchi shaxslarni aniqlashga xizmat qiladi.

Ma’lumot uchun, AQSh 2019-yildan boshlab viza arizachilaridan ijtimoiy tarmoqlarda foydalangan loginlari, taxalluslari va akkauntlari haqida ma’lumot so‘rab kelmoqda.

DS-160 formasini to‘ldirayotgan murojaatchilar so‘nggi 5 yil ichida foydalanilgan barcha ijtimoiy tarmoq nomlarini ko‘rsatishlari kerak.

Arizada yolg‘on ma’lumot berish yoki ijtimoiy tarmoqlar haqidagi bandni bo‘sh qoldirish viza rad etilishiga, hatto kelajakda viza olish huquqidan mahrum bo‘lishga olib kelishi mumkin.

Ariza topshiruvchi har bir shaxs formani imzolashdan oldin undagi barcha ma’lumot to‘g‘ri ekanini tasdiqlashi lozim.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan AQSh talaba vizalarini qayta tiklagani haqida yozgandi.

Endilikda arizachilar o‘z ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarini ko‘rib chiqish uchun ochiq qilishlari talab etiladi.

Davlat departamentiga ko‘ra, akkauntlar «jamoatga ochiq» bo‘lmasa, bu yashirin faoliyat sifatida baholanishi mumkin.

Yangi tartib bo‘yicha barcha talaba va almashinuv dasturlari ishtirokchilari chuqur tekshiruvdan o‘tkaziladi. Konsullik xodimlari AQShga nisbatan salbiy munosabatlar belgilariga e’tibor qaratadi.

Shuningdek