O‘zbekistonda Modulli intellektual hisoblash markazi tashkil etilishi mumkin

eʼlon qilindi
Loyiha sun’iy intellekt va zamonaviy hisoblash infratuzilmasini rivojlantiradi
O‘zbekistonda Modulli intellektual hisoblash markazi tashkil etilishi mumkin / Foto: Raqamli texnologiyalar vazirligi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Xitoyning yetakchi texnologik kompaniyalari bilan uchrashuv o‘tkazdi va Modulli intellektual hisoblash markazi tashkil etilishi masalasini muhokama qildi. Bu haqda vazirlik rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, muhokamalr «Shanghai LinkWise Data Intelligence», «China Electronics Technology Development» hamda «Shanghai Oriental Credits Industrial» kompaniyalari bilan amalga oshirildi.

Loyiha sun’iy intellekt va zamonaviy hisoblash infratuzilmasini rivojlantirishni ko‘zda tutadi va besh bosqichda amalga oshiriladi. Xitoylik mutaxassislar loyihaning texnik yechimlari va dastlabki maketini taqdim etishdi.

Mazkur tashabbus «Bir makon, bir yo‘l» hamda Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga xizmat qiladi. Muzokaralar yakunida tomonlar o‘zaro anglashuv memorandumini imzolashdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq XVJ O‘zbekiston budjet tavakkalchiliklarini monitoring qilishni tavsiya etgani haqida yozgan edik.

Shuningdek