Eksimbank O‘zbekistonda telekommunikatsiya sohasi uchun $500 million ajratadi

Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Xitoy Eksport-import banki rahbari Chen Xuayyuy bilan uchrashdi. Tomonlar gidroenergetika, transport infratuzilmasi va qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi, deya yozmoqda vazirlik matbuot xizmati.

2002-yildan buyon Xitoy Eksimbanki bilan qiymati $3,2 mlrdlik 51 loyiha amalga oshirilgan. Ayni paytda $1,9 mlrdlik 2 loyiha amalga oshirilmoqda, yana $2,2 mlrdlik 13 loyiha ko‘rib chiqilmoqda.
Uchrashuv yakunida telekommunikatsiya sohasida $500 mlnlik qarz shartnomasi imzolandi. Kudratov bu loyihalar tezkor va samarali bajarilishiga ishonch bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda Modulli intellektual hisoblash markazi tashkil etilishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.