Voyah Free+ yangi modeli taqdim etildi

eʼlon qilindi
Savdolar 24-iyundan boshlanadi
Voyah Free+ yangi modeli taqdim etildi / Foto: Voyah

Xitoyning Voyah kompaniyasi yangi Free+ krossoverini taqdim etdi. Bu haqda ITHome nashri ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, endi u benzinli mashinaga o‘xshashroq bo‘lib, uzatmalar qutisi tovushini va taxometr ko‘rsatkichini simulyatsiya qiladi. Avtomobil 29 dyuymli proektsion ekran, Huawei ADS 4.0 tizimi va HarmonyOS Cockpit 5 bilan jihozlangan.

Foto: Voyah

Baza versiyasida 292 ot kuchiga ega bitta, top versiyada esa 476 ot kuchli ikkita elektromotor mavjud. Akkumulyator quvvati 43,2 kVt/soat bo‘lib, to‘liq elektr yurish masofasi 190 – 235 km.ni tashkil etadi. Yukxona hajmi 590 litr.

Mashina ichida 22 ta dinamikli 7.1.4 formatli audio tizim, simsiz zaryadlash, sovitkichli quti va ikkita katta ekran mavjud. Savdolar 24-iyundan boshlanadi.

Foto: Voyah

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Volkswagen Golf GTI Edition 50 yubiley modelini taqdim etgan edi.

Shuningdek