Jetour suvda ham harakatlana oladigan avtomobilini taqdim etadi

23-iyun 2025 13:18 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Jetour Zongheng G700 modelini qachon taqdim etadi / Foto: CarNewsChina

Jetour kompaniyasi yangi Zongheng G700 modelini taqdim etishga tayyorlanmoqda. Bu haqda CarNewsChina nashri xabar bermoqda.

Kompaniya PHEV off-road savdo litsenziyasiga ariza topshirdi. U BYD Yangwang U8 modeliga raqib bo‘lishi kutilmoqda.

Jetour Zongheng G700 modelini qachon taqdim etadi / Foto: CarNewsChina

Zongheng G700 off-road uslubidagi kvadrat shaklda ishlab chiqilgan. Uning uzunligi 5198 mm, eni 2050 mm, balandligi 1956 mm. G‘ildiraklar bazasi 2870 mm, yerdan balandligi esa 320 mmni tashkil etadi.

Tashqi ehtiyot g‘ildirak orqada joylashgan. Eng og‘ir variantining og‘irligi 3180 kg. Eng ko‘p tortish quvvati 2500 kg.

Foto: CarNewsChina

Uskuna Chery kompaniyasining Kunpeng CDM-O gibrid tizimiga asoslangan. Umumiy quvvati 560 kVt (751 ot kuchi), aylanish momenti 795 Nmni tashkil etadi. Tizimda 2.0T benzinli dvigatel va ikki elektromotor mavjud. 100 km/soat tezlikka chiqish vaqti – 4,6 soniya. Mashina aqlli yoff-road rejimlariga va past tezlikdagi to‘liq harakatlanish tizimiga ega.

Zaryadlash uchun CATL ishlab chiqargan 4C Shenxing LFP batareya ishlatiladi. Batareya 20 foizdan 80 foizgacha 10 daqiqada to‘la zaryadlanadi. Umumiy yurish masofasi 1400 km.

Foto: CarNewsChina

Zongheng G700 suvda ham harakatlana oladi. U 40 daqiqa davomida suv ostida yurishi va maksimal 4,5 tugun (soatiga 8 km) tezlikda suzishi mumkin. Salon 20 kPa suv bosimi va 5 m/s tezlikdagi suv oqimiga bardoshli.

Modelda g‘ildirak disklari, kameralar, radar ranglari, ko‘zgular, tom oynasi va boshqa konfiguratsiyalarni tanlash imkoni mavjud. Jetour, shuningdek, to‘rt motorli elektromobil versiyasini ham keyinchalik taqdim etishini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Jetour X90 C-DM gibrid avtomobili sotuvga chiqarilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek