«Toshkent» fond birjasi: O‘zRTXB aksiyalari keskin yuqoriladi

eʼlon qilindi
«Qizilqumsement» aksiyalari 7,27 foizga arzonlashdi
«Toshkent» fond birjasi: «RTXB» aksiyalari keskin yuqoriladi / Foto: Depositphotos

«Toshkent» respublika fond birjasida (RFB) joy olgan yuqori likvidli aksiyalarning aksariyati 16-iyundan 20-iyungacha bo‘lgan davrda turli dinamikani ko‘rsatib, UCI fond indeksi 2 foizga pasaydi.

O‘zRTXB aksiyalari eng katta o‘sishga erishib, 14,16 foizga qimmatlashdi. Shuningdek, «Aloqabank» (+2,44%), «O‘zbektelekom» (1,82%) va «O‘zmetkombinat» (1,49%) aksiyalarida ham o‘sish qayd etildi.

Biroq «Qizilqumsement» aksiyalari 7,27 foizga arzonlashib, haftaning eng katta pasayishini qayd etdi. «Aloqabank» (imtiyozli aksiyalar – 4,61 foiz), «Kvarts» (4,04 foiz) va «O‘zbektelekom» (imtiyozli aksiyalar – 3,75 foiz) aksiyalari ham pasayish bilan ajralib turdi.

Boshqa bir qator kompaniyalar, jumladan, «UzAuto Motors» va «Turonbank» aksiyalarining narxida esa o‘zgarish kuzatilmadi.

Ushbu davrda bitimlar soni bo‘yicha «O‘zRXTB» (649 ta bitim) yaqqol peshqadam bo‘ldi. «Qizilqumsement» (585 ta bitim) va «Chilonzor buyum savdo kompleksi» (406 ta) peshqadam bo‘ldi.

Ushbu haftada hajm bo‘yicha esa «O‘zRTXB» (594,61 mln) yetakchilik qildi. «Portlatishsanoat» (341,05 mln so‘m) va «Portlatishsanoat» AJ imtiyozli aksiyalari (99 mln so‘m) yuqori uchlikdan joy oldi.

Yuqori likvidli aksiyalardan yettitasi haftani ijobiy, to‘rttasi o‘zgarishsiz, qolgan o‘n uchtasi salbiy natija bilan yakunladi. Birjaviy savdolarning asosiy maydonchadagi umumiy hajmi 7,27 mlrd so‘m bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri «UzAuto Motors» aksiyalari pasaygani haqida yozgan edi.

Shuningdek