Yil yakunigacha 12 ta quyosh va 4 ta shamol elektr stansiyasi ishga tushiriladi

eʼlon qilindi
12 ta energiya saqlash tizimi ham
Yil yakunigacha 12 ta quyosh va 4 ta shamol elektr stansiyasi ishga tushiriladi / Foto: President.uz

Shavkat Mirziyoyev 23-iyun kuni sanoat korxonalarini «yashil» energiya bilan ta’minlash choralari bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qisqa muddatda sohaga $6 mlrdlik xorijiy investitsiyalar jalb qilinib, elektr ishlab chiqarish hajmi 82 mlrd kilovatt-soatga yetkazildi.

Yil yakunigacha 12 ta quyosh va 4 ta shamol elektr stansiyasi, shuningdek, 12 ta energiya saqlash tizimi ishga tushiriladi. Umumiy investitsiya hajmi $5 mlrddan oshadi. Shuningdek, 7,2 mlrdlik yangi 11 ta loyiha qurilishi boshlanadi.

Yirik nasos tizimlariga quyosh va saqlash qurilmalari o‘rnatilib, suv nasoslari iste’moli 6,5 milliarddan 4,5 mlrd kilovatt-soatga kamaytiriladi. Ishlar Qarshi magistral kanalidan boshlanadi.

Neft-gaz sohasida ham 240 megavattli quyosh va 300 megavattli saqlash tizimlari quriladi. Bu yiliga kamida 600 mln kilovatt-soat energiya ishlab chiqarishga imkon beradi.

Yig‘ilishda 18 ta yirik tarmoqni mustaqil energiya tizimiga o‘tkazish rejalari va ijtimoiy muassasalarda quyosh energiyasidan foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Eslatib o‘tamiz, may oyida qayta tiklanuvchi energiya bo‘yicha rekord ko‘rsatkich qayd etilgan edi.

Shuningdek