Tramp Isroil va Eron o‘rtasida 12 kunlik sulh e’lon qildi

eʼlon qilindi
Ammo na Eron, na Isroil buni tasdiqladi
Tramp Isroil va Eron o‘rtasida 12 kunlik sulh e’lon qildi / Foto: Channel 4

AQSh prezidenti Donald Tramp Isroil va Eron o‘rtasida 12 kunlik urushga yakun yasovchi sulhga erishilganini e’lon qildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, Eron Tehronga uyushtirilgan hujumlarga javoban zarba bergach, tomonlar urushni to‘xtatishga kelishgan. Tramp bu kelishuvni Qatarning vositachiligi bilan amalga oshirganini bildirdi.

Biroq Isroil tomoni sulhni rasman tasdiqlamadi. Seshanba tongida Isroil Eron hududidan uchirilgan raketalarni aniqladi va havo mudofaasi tizimlarini ishga tushirdi. Eron TIV esa, agar Isroil soat 4:00 ga qadar hujumlarni to‘xtatsa, javob berilmasligini aytdi.

AQSh va Isroil dam olish kunlari Eronning yadroviy inshootlariga zarbalar bergan. Eron bu harakatlarga javoban AQSh bazasiga raketa yo‘lladi. AQSh vitse-prezidenti JD Vensga ko‘ra, Eron yadroviy qurol ishlab chiqarish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan.

Hududda vaziyat barqarorlashayotganiga qaramay, Isroil Tehron aholisini evakuatsiyaga chaqirib, yangi hujumlar ehtimolini inkor etmagan. Voqealar rivoji kuzatib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron qurolli kuchlari Yaqin Sharqda joylashgan AQSh harbiy bazalariga raketa hujumi uyushtirgan edi.

Shuningdek