«Quruvchilar – Yangiobod» oralig‘ida metro harakati uch oyga to‘xtaydi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
2025-yil 28-iyundan boshlab
Foto: Tashtrans.uz

«Texnopark – Qipchoq» yer usti halqa yo‘lining «Quruvchilar» va «Yangiobod» bekatlari oralig‘ida 2025-yil 28-iyundan boshlab metro harakati uch oy muddatga to‘xtatiladi. Bu haqda Toshkent metropoliteni xabar berdi.

Ushbu chora yo‘nalishdagi metro poyezdlar harakati va yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida rejalashtirilgan profilaktik texnik ishlar doirasida amalga oshirilmoqda.

Noqulayliklarning oldini olish uchun «Qipchoq – Yangiobod – Qipchoq» yo‘nalishi bo‘ylab bepul metrobuslar (katta sig‘imli avtobuslar) qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu avtobuslar har kuni soat 05:00 dan 23:00 gacha xizmat ko‘rsatadi.

Ma’lumot uchun: «Quruvchilar» – 12-bekat, «Yangiobod» esa 6-bekat hisoblanadi. Ushbu ikki bekat orasida jami 7 ta bekat joylashgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan yangi Toshkentga olib boruvchi 21 kilometrlik metro yo‘li qurilishi haqida xabar bergandi.

Shuningdek