Toshkent – Qozon reysi Orenburgga yo‘naltirildi

eʼlon qilindi
Milliy tashuvchi keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘radi
Toshkent – Qozon reysi Orenburgga yo‘naltirildi / Foto: Uzairways

Qozon shahri havo hududining yopilishi sababli Uzbekistan Airways’ning HY649 Toshkent – Qozon reysi Orenburg shahridagi muqobil aerodromga yo‘naltirildi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati ma’lum qildi.

Shu sababli, Qozon – Toshkent yo‘nalishidagi HY650 reysi ham kechikib amalga oshiriladi.

Aviakompaniya yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi. Yangiliklarni rasmiy manbalardan kuzatib boring.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Centrum Air Samarqand – Vladivostok yo‘nalishidagi parvozlarni yo‘lga qo‘ygan edi.

Shuningdek