AQSh va Isroil zarbalaridan so‘ng ham Eron yadroviy dasturi hali ham saqlanib qolmoqda
eʼlon qilindi
AQSh razvedkasi shunday xulosa qildi

AQSh razvedkasi xulosasiga ko‘ra, AQShning Eron yadroviy obyektlariga bergan zarbalari bu dasturga jiddiy putur yetkazmagan, faqat uni bir necha oyga kechiktirgan. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma’lum qildi.
Sulh e’lon qilinishi ortidan Eron va Isroil o‘zaro hujumlarni to‘xtatdi.
Prezident Tramp vositachiligida tuzilgan sulh natijasida havo hududlari ochildi, Ben Gurion aeroporti qayta ishga tushdi. Tomonlar g‘alaba da’vosida bo‘lsa-da, urushda yuzlab odamlar halok bo‘ldi. Isroil va Eron bir-birini sulhni buzganlikda aybladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Isroil va Eron o‘rtasida sulh e’lon qilinganini e’lon qilgan edi.