TBC Uzbekistan o‘z faoliyatini yagona tizim TBC Digital’ga birlashtirdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
tbc
Kompaniyaning Kuzatuv kengashiga xalqaro fintex sohasining yirik vakillari kiritildi
Kompaniya barcha faoliyatini muvofiqlashtiruvchi yangi bosh kompaniya «TBC Digital» AJni tashkil qildi. Foto: TBC Uzbekistan

TBC Uzbekistan O‘zbekistondagi barcha faoliyatini muvofiqlashtiruvchi yangi bosh kompaniya «TBC Digital» AJni tashkil qildi. Bu haqda kompaniya «Kursiv»ga ma’lum qildi.

TBC Uzbekistan CEO Nika Kurdiani rahbarligidagi boshqaruvchi kompaniya — «TBC Digital» AJda Kuzatuv kengashi shakllantirilganini e’lon qildi. TBC Digital’ga TBC PLC (79,7%), Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK – 10,15%) va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB – 10,15%) birgalikda egalik qiladi.

Kengash raisi etib TBC Bank Group xalqaro biznes yo‘nalishi rahbari Oliver Xyuz tayinlandi. U ilgari Tinkoff bankida va Visa International’da yuqori lavozimlarda faoliyat yuritgan. Xyuz O‘zbekistonni raqamli bank xizmatlari uchun dunyodagi eng istiqbolli bozorlardan biri deb atadi.

Foto: TBC Uzbekistan

Shuningdek, kuzatuv kengashi tarkibidan Devid Nangl VEF kompaniyasi bosh direktori va hammuassisi ham o‘rin oldi. U ilgari Renaissance Capital va ING Barings’da yetakchi lavozimlarda ishlagan, rivojlanayotgan bozorlarda 20 yillik tajribaga ega. Nangl TBC Uzbekistan’ning yutuqlarini yuqori baholadi va kompaniya o‘z salohiyatini endigina ochayotganini bildirdi.

Shu bilan birga, yana bir a’zo Metyu Risli QED Investors kompaniyasining faxriy hamkori bo‘ldi. U ilgari Klarna to‘lov xizmatida va Capital One’da ishlagan. Risli kompaniyada qisqa vaqt ichida yaxshi natijalarga erishganini, Markaziy Osiyoda raqamli banklar bozorida yetakchi o‘ringa chiqqanini ta’kidladi.

Avvalroq «Kursiv» TBC Capital O‘zbekistonda «Tartibga solish qumdoni» ishtirokchisiga aylangani haqida yozgandi.

Shuningdek