Samsung Galaxy S24 iyun oyidagi xavfsizlik yangilanishini oldi

25-iyun 2025 12:53 eʼlon qilindi

(25-iyun 2025 21:56 yangilandi)
Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Galaxy S24 iyun oyidagi xavfsizlik yangilanishini oldi / Foto: Sammobile

Samsung AQShdagi operatorga bog‘langan Samsung Galaxy S24 telefonlariga iyun 2025 xavfsizlik yangilanishini tarqatmoqda. Bu haqda Sammobile xabar bermoqda.

Yangilanish Galaxy S24, S24+ va S24 Ultra modellariga tegishli.

Yangi dasturiy ta’minot S92xUSQS4BYF2 raqamli firmvare versiyasiga ega. U ko‘plab xavfsizlik muammolarini tuzatadi. Bu yangilanish ilgari xalqaro modellarga ham chiqarilgan edi.

Telefoningiz modelini bilmoqchi bo‘lsangiz, «Sozlamalar → Qurilma haqida» bo‘limiga kiring. Agar model raqamida SM-S921U, SM-S926U yoki SM-S928U ko‘rsatilgan bo‘lsa, sizda AQSh uchun mo‘ljallangan operator versiyasi bor.

Foto: Wired

Yangilanishni ikki usulda o‘rnatish mumkin:

  • Sozlamalar → Dasturiy ta’minotni yangilash → Yuklab olish va o‘rnatish
  • Samsung Odin dasturi orqali kompyuter yordamida qo‘lda o‘rnatish

Shuningdek, Samsung hozirda Android 16 asosidagi One UI 8.0 tizimini sinovdan o‘tkazmoqda. Galaxy S24 bu yangilanishni olishga mos, lekin chiqarilish sanasi hali ma’lum emas.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Samsung Galaxy S26 modellari 16 GB operativ xotira bilan chiqishi haqida yozgan edi.

Shuningdek