Tramp: AQSh zarbalaridan so‘ng Fordo yadroviy obyekti to‘liq vayron bo‘ldi

eʼlon qilindi
U yerda to‘liq vayronagarchilik yuz bergan
Tramp
Tramp: AQSh zarbalaridan so‘ng Fordo yadroviy obyekti to‘liq vayron bo‘ldi / Foto: AFP

AQSh prezidenti Donald Tramp NATO sammiti doirasida jurnalistlarga bergan bayonotida, Isroil agentlari AQSh zarbasidan keyin Erondagi Fordo yadroviy obyektiga kirgani va u yerda to‘liq vayronagarchilik yuz berganini aytdi. Bu haqda Times of Israel xabar bermoqda. Unga ko‘ra, missiya a’lo darajada bajarilgan.

«Isroil harbiylari zarbadan keyin ichkariga kiradigan yigitlarga ega va ular bu joy butunlay yo‘q qilinganini aytishdi», – dedi Tramp.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil hozirda bu bo‘yicha hisobot tayyorlamoqda. Baza to‘liq yo‘q qilingani aytilmoqda. Amera rahbariga ko‘ra, Eron hech narsani qutqara olmagan.

Donald Tramp NATO sammiti doirasida nima dedi / Foto: AFP

AQSh mudofaa vaziri Pit Hegseth ham bu operatsiyani «mukammal missiya» deb atab, bombalar aniq belgilangan joyga tushganini ta’kidladi.

«Fordo ostidagi inshootlar vayron qilindi», – dedi u.

Shu bilan birga, Isroil rasmiylari Kan telekanaliga bergan izohida Fordo yadroviy obyektiga Isroil agentlari yuborilgani haqida hech qanday ma’lumotga ega emasliklarini bildirdi.

Bu ziddiyatli bayonotlar fonida Eron rasmiylari hozircha holatga izoh bermagan.

19-iyun kuni Soroka universiteti tibbiyot markazi kampusiga Eron raketasining zarbasi oqibatida Ben Gurion universitetining olti tadqiqot laboratoriyasi vayron bo‘lgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Ijtimoiy tarmoqlarda Eron va Isroil o‘rtasidagi keskinlik ortidan Eronda katta raketa tashilayotgani tasvirlangan video tarqaldi. Biroq faktlarni tekshirish bu da’voni rad etdi: video eski bo‘lib, harbiy texnikaga hech qanday aloqasi yo‘q bo‘lib chiqqan edi.

Avvalroq AQSh va Isroil zarbalaridan so‘ng ham Eron yadroviy dasturi hali ham saqlanib qolgani haqida yozgan edik.

Shuningdek