Xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga yo‘l tezligini belgilash huquqi berildi

Xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga qator yangi vakolatlar berildi. Bu haqda prezident farmoni e’lon qilindi.
Endi mahalliy Kengashlar davlat ko‘chmas mulklaridan foydalanish bo‘yicha ijara stavkalarini belgilab, dafn marosimlari tariflarini tasdiqlash vakolatiga ega bo‘ladi. Shuningdek, yo‘llarning ayrim qismlarida tezlikni oshirish yoki kamaytirishga ruxsat berish huquqiga ham bo‘ladi.
Shu bilan birga, budjet loyihasi ishlab chiqilishida mahalliy budjet xarajatlarining bir qismi bevosita mahalliy deputatlar tashabbusi asosida shakllantiriladi.
Mahalliy Kengashlar huzurida jamoatchilik asosida Yoshlar guruhlari hamda Maslahat guruhlari tashkil etilishi nazarda tutilgan. «E-Kengash» elektron platformasi esa «qulaylik – soddalik – xavfsizlik» tamoyili asosida doimiy takomillashtirib boriladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan nega Xalq demokratik partiyasi muxolifatga o‘tgani haqida yozgandi.