Senat ayrim tovarlar uchun ikki karra boj stavkalarini bekor qildi

eʼlon qilindi
O‘zbekiston import tovarlarining 95 foizini JST a’zosi bo‘lgan davlatlardan oladi
Сенат Узбекистана
Senat ayrim tovarlar uchun ikki karra boj stavkalarini bekor qildi. Foto: Oliy Majlis

Oliy Majlis Senati ayrim tovarlar uchun ikki karra boj stavkasini bekor qilishni ma’qulladi. Bu haqda parlamentning yuqori palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

Endilikda kelib chiqish sertifikatisiz olib kirilgan mahsulotlar boj stavkalaridan ozod etiladi. Bu esa import jarayonini soddalashtiradi va tadbirkorlarning xarajatlarini kamaytiradi.

Shuningdek, bojxona to‘lovlarini to‘lash muddati besh kundan uch ish kuniga qisqartirildi.
Mazkur qaror O‘zbekiston qonunchiligini Jahon savdo tashkiloti (JST) qoidalariga moslashtirish doirasida qabul qilindi.

Senat yig‘ilishida qayd etilishicha, hozirda O‘zbekiston importining 32,3 foizi erkin savdo rejimi mavjud davlatlardan keladi. Yana 61,4 foizi eng qulay savdo sharoitiga ega davlatlardan olib kirilmoqda. Qolgan 6,3 foiz esa savdo rejimi belgilanmagan yoki ishlab chiqaruvchi mamlakati noma’lum bo‘lgan davlatlarga to‘g‘ri keladi.

Yig‘ilishda, shuningdek, O‘zbekiston import qilayotgan mahsulotlarning 95 foizi JST a’zosi bo‘lgan davlatlardan olib kelinayotgani ma’lum qilindi.

Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekistonning JSTga a’zolik yo‘lidagi muzokaralar Xitoy bilan yakunlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek