BAAdan qidiruvdagi 12 nafar o‘zbekistonlik ekstraditsiya qilindi

eʼlon qilindi
Barcha shaxslar Interpol qidiruv ro‘yxatida bo‘lgan
BAAdan 12 nafar qidiruvdagi o‘zbekistonlik ekstraditsiya qilindi. Foto: O‘zbekiston Respublikasi IIV

Jinoyat sodir etganlikda gumon qilinib, xalqaro qidiruvga berilgan 12 nafar O‘zbekiston fuqarosi Birlashgan Arab Amirliklari (BAA)dan olib kelindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi (IIV) xabar berdi.

BAA politsiyasi vakillari bilan o‘tkazilgan onlayn uchrashuv davomida jinoyatchilarni qidirish va ularni topshirish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Tomonlar o‘z hududida yashirinib yurgan gumonlanuvchilarning ro‘yxatlarini o‘zaro almashdi.

Abu-Dabi va Dubayda o‘tkazilgan muzokaralar natijasida O‘zbekiston Interpol xodimlari tomonidan qidiruvdagi 12 nafar shaxsni topshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Ularning barchasi javobgarlikka tortildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Dubayda ikki o‘zbekistonlikning o‘limi yuzasidan 11 kishi hibsga olingani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek