
Samsung kompaniyasi yangi Samsung Galaxy Jump 4 Business smartfonini namoyish qildi. Bu haqda Gizmochina xabar bermoqda.
Qurilma 6,7 dyuymli Super AMOLED ekran bilan jihozlangan. Ekran yangilanish tezligi – 120 Gts, yorqinligi esa – 1000 nit.
Smartfon Exynos 1380 protsessorida ishlaydi. Unda 6 GB tezkor va 128 GB ichki xotira mavjud. Xotirani microSD karta orqali 2 TB gacha kengaytirish mumkin.
Galaxy Jump 4 Android 15 va One UI 7 tizimida ishlaydi. Qurilma 2031 yilgacha yangilanishlarni oladi.
Orqa kameralar uchta: 12 MP asosiy, 8 MP ultra-keng va 2 MP makro. Old kamera – 13 MP. Video 4K formatda 30 FPSda yoziladi. Shuningdek, sekinlashtirilgan video yozish funksiyasi ham bor.
Batareya sig‘imi – 5000 mA·soat. U 25 Vt tez zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi va videoni 17 soatgacha ko‘rsatadi.
Smartfon bitta SIM-karta, microSD, 5G, Wi-Fi 6, Bluetooth 5.3, GPS, NFC va USB-C portini qo‘llaydi. Qalinligi – 7,7 mm, og‘irligi – 197 gramm. Modelning narxi $330 dan boshlanadi.
Avvalroq Samsung Galaxy S24 iyun oyidagi xavfsizlik yangilanishini olgani haqida yozgan edi.