Toshkent shahridagi 11 ta avtobus yo‘nalishi vaqtincha o‘zgartirildi

eʼlon qilindi
Yashnobod tumanidagi
Toshkent shahridagi 11 ta avtobus yo‘nalishi vaqtincha o‘zgartirildi. Foto: Тоshkent shahar transport bosh boshqarmasi

Toshkent shahridagi 11 ta avtobus yo‘nalishi vaqtincha o‘zgartirildi. Bu haqda Тоshkent shahar transport bosh boshqarmasi xabar berdi.

25-iyun kunidan Yashnobod tumanidagi Ohangaron yo‘lining Qorasuv ko‘chasidan Birlashgan ko‘chasigacha bo‘lgan bir tomonlama qismi ta’mirlash ishlari sababli vaqtincha yopiladi.

Foto: Тоshkent shahar transport bosh boshqarmasi

Shu munosabat bilan quyidagi avtobus yo‘nalishlarining harakat yo‘nalishi vaqtincha o‘zgartirildi:

  • 95, 110 va 128-sonli avtobus yo‘nalishlari harakati Ohangaron shohko‘chasidagi qo‘shimcha mahalliy yo‘l orqali amalga oshiriladi.
  • 18, 30, 44, 49, 119 va 129-sonli avtobus yo‘nalishlari harakati Qorasuv, Aviasozlar va Beshariq ko‘chalari orqali o‘zgartiriladi.

Shuningdek, Amir Temur va Bog‘ishamol ko‘chalari kesishmasida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari tufayli quyidagi avtobus yo‘nalishlari qatnov yo‘li vaqtincha o‘zgartirildi.

Foto: Тоshkent shahar transport bosh boshqarmasi
  • 97-sonli avtobus yo‘nalishi: Toshkent vokzalidan Yunusobod dehqon bozoriga borishda Amir Temur va Bog‘ishamol kesishmasigacha harakatlanadi. U yerdan ortga qayrilib, belgilangan yo‘nalishi bo‘yicha harakatni davom ettiradi.
  • 157-sonli avtobus yo‘nalishi: Paxtakor metro bekatidan Yunusobod 19-dahaga borishda Amir Temur va Bog‘ishamol kesishmasigacha yetib boradi.

Yo‘l ta’mirlash ishlari davomida harakat cheklanishi va transport tirbandliklari yuzaga kelishi mumkin. Shuningdek, boshqarma zaruratga ko‘ra avtobus yo‘nalishlariga qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritilishi mumkinligini ham qo‘shimcha qilgan.

Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekistondagi 2,8 mingdan ortiq avtobus bekatlarida muammolar aniqlangani haqida yozgandi.

Shuningdek