Citigroup Toshkentda o‘z vakolatxonasini ochishni rejalashtirmoqda

eʼlon qilindi
Citigroup Amerikadagi «katta to‘rtlik» banklaridan biri
Foto: Mike Kemp/In Pictures/Getty Images

AQSHning yirik moliyaviy korporatsiyasi Citigroup Toshkentda o‘z vakolatxonasini ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (ISSV) matbuot xizmati xabar berdi.

25-iyun kuni ISSVda Citigroup delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Delegatsiyaga mijozlar bilan ishlash bo‘yicha bosh direktor Devid Livingston boshchilik qildi.

Uchrashuv davomida tomonlar investitsiyaviy hamkorlik, eksportni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik asosidagi loyihalarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Citigroup – bu amerikalik transmilliy investitsiya banki va moliyaviy korporatsiya. U 1998-yilda Citicorp va Travelers Group kompaniyalari birlashuvi natijasida tashkil etilgan. Uning bosh ofisi Nyu-York shahrida joylashgan. Aktivlar hajmi bo‘yicha AQSHda uchinchi o‘rinda turadi va mamlakatdagi «katta to‘rtlik» banklaridan biri hisoblanadi.

Avvalroq «Kursiv» nashri yil davomida O‘zbekistonda xorijiy kapital ishtirokidagi firmalar soni 14 foizga oshgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek