OLX’da bola sotuvi haqidagi e’lon bo‘yicha rasmiy munosabat bildirildi

eʼlon qilindi
Olx
E’lonni akasi joylashtirgan
OLX’da bola sotuvi haqidagi e’lon bo‘yicha rasmiy munosabat bildirildi / Foto: Ijtimoiy tarmoq

Ijtimoiy tarmoqlarda OLX’da 3 yoshli bola 150 ming so‘mga sotuvga qo‘yilgani haqida e’lon tarqalgan edi. Mazkur holat bo‘yicha Bolalar ombudsmani rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, holat darhol o‘rganilgan. Ichki ishlar organlari tomonidan olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari natijasida e’lonning qayerdan va qaysi akkaunt orqali joylashtirilgani aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, Toshkent shahri Uchtepa tumanida yashovchi 12 yoshli bola I.A ushbu e’lonnni o‘zining onlayn akkauntidan joylashtirgan. U kichik ukasining sho‘xligiga «ta’zir berish» maqsadida ushbu hazilomuz harakatni amalga oshirgan. Sotuv narxi sifatida 150 ming so‘m ko‘rsatilgan.

Mazkur e’lon ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘ldi. Holat yuzasidan hozirda Uchtepa tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Bolalar ombudsmani ushbu voqeani bola manfaatlari nuqtai nazaridan nazoratda saqlashini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 3 yoshli Muhammad ismli bola 150 ming so‘m evaziga sotuvga qo‘yilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek