Ortiqcha to‘langan soliq 3 kunda hisobga olinadi

eʼlon qilindi
Ortiqcha to‘langan soliq summasini boshqa soliqlar bo‘yicha kelgusi to‘lovlar hisobiga o‘tkazish tartibi yanada soddalashtirildi
soliq
Foto: Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Yangi qonun bilan ortiqcha to‘langan soliq summasini boshqa soliqlar bo‘yicha kelgusi to‘lovlar hisobiga o‘tkazish tartibi yanada soddalashtirildi. Endilikda bu jarayon soliq to‘lovchining yozma yoki elektron arizasiga asosan soliq organlari tomonidan atigi 3 ish kuni ichida amalga oshiriladi.

Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

Endilikda elektron hujjatlar, masalan, soliq deklaratsiyasi yoki boshqa hisobot shakllari – shaxsning roziligini ifodalovchi va uni aniqlash imkonini beruvchi elektron tasdiqlash usullari orqali tasdiqlansa, ular elektron raqamli imzoga tenglashtiriladi. Bu esa hujjat aylanishini soddalashtirib, jarayonni tezlashtiradi.

Shuningdek, qishloq xo‘jaligi, jumladan, baliqchilik xo‘jaliklari uchun ham qulaylik yaratildi: suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisobotlari endilikda «Suv hisobi» axborot tizimi hamda vakolatli organlar ma’lumotlari asosida avtomatik tarzda shakllantiriladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan kredit berish va soliq toʻlovlarining oʻsishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek