
Oppo kompaniyasi tomonidan yangi Oppo Reno 14 Pro smartfoni xalqaro bozorda taqdim etildi. Bu haqda gizmochina xabar bermoqda. Dastlabki savdolar Tayvanda boshlangan.
Smartfon 6,83 dyuymli OLED LTPS ekran bilan jihozlangan. Uning aniqligi 2800×1272 piksel, yangilanish tezligi 120 Gts.
Ekran 1200 nitgacha yorqinlikka ega bo‘lib, 3840 Gts chastotali ShIIM texnologiyasi bilan ko‘zni kamroq charchatadi. Kristall himoya oynasi ostida barmoq izlari skaneri joylashgan.
Reno 14 Pro Android 15 operatsion tizimida ishlaydi va ColorOS 15 grafik qobig‘iga ega. U Oppo AI sun’iy intellekt funksiyalarini ham qo‘llab-quvvatlaydi.
Kamera bo‘limi juda kuchli: smartfonda uchta 50 MP sensor mavjud – asosiy kamera OIS optik barqarorlashtirishga ega, ikkinchisi keng burchakli, uchinchisi esa 3,5 karra optik zumli telefotokamera. Selfi uchun esa 50 MP kamera auto-fokus bilan jihozlangan.
Smartfon MediaTek Dimensity 8450 protsessori asosida ishlaydi. U LPDDR5X tezkor xotira va UFS 3.1 ichki xotira bilan qo‘llab-quvvatlangan. Qurilma 6200 mA/soat sig‘imli batareyaga ega. Zaryadlash tezligi: 80 vattli simli va 50 vattli simsiz.
Sovutish uchun 5400 mm² o‘lchamdagi bug‘ kamerasi o‘rnatilgan. Qurilmaning korpusi alyuminiydan tayyorlangan, qalinligi – 7,48 mm, og‘irligi esa 201 gramm. Smartfon suv va changdan IP66, IP68 va IP69 standartlariga muvofiq himoyalangan.
Shuningdek, Reno 14 Pro‘da stereodinamika, NFC, infraqizil port, Wi-Fi 6, Bluetooth 5.4 va kuchli vibratsiya dvigateli mavjud.
Smartfonning 12 GB operativ va 512 GB doimiy xotirali versiyasi taxminan $800 atrofida baholangan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Oppo yangi smartfonini taqdim etgani haqida yozgan edi.