Xiaomi SU7 Ultra va Zeekr 001 FR Qozog‘istonda trekda bellashdi

28-iyun 2025 16:19 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir a.muhammadov@kursiv.media
Xiaomi SU7 Ultra Zeekr 001 FR
Xiaomi SU7 Ultra va Zeekr 001 FR Qozog‘istonda trekda bellashdi / Foto: kursiv.media

Qozog‘istonda joylashgan Kolesa.kz YouTube kanali tomonidan yuqori unumli elektromobillar sinovdan o‘tkazildi. Bellashuvda Xitoyning eng kuchli ikki sportkarlari – Xiaomi SU7 Ultra va Zeekr 001 FR ishtirok etdi. Bu haqda Kursiv Media malum qildi.

Har ikki mashina texnik quvvati jihatidan teng darajada bo‘lsa-da, tajriba davomida har xil his-tuyg‘ular va ustuvorliklar namoyon bo‘ldi.

Xiaomi SU7 Ultra uchta elektromotor, 1 548 ot kuchi va 1 770 Nm aylanish momenti bilan jihozlangan. Og‘irligi 2 360 kg bo‘lishiga qaramay, avtomobil 100 km/soat tezlikka 2,85 soniyada chiqadi. Testda maksimal 402 metrlik yugurishda 9,4 soniyalik natija qayd etildi. Yengil korpus va kuchli quvvat evaziga Xiaomi SU7 Ultra dinamikada ustunlikka erishdi.

Zeekr 001 FR esa to‘rt motorli, 1 265 ot kuchi va 1 280 Nm quvvatga ega. U 100 km/soat tezlikka 2,68 soniyada chiqib, Xiaomi’dan biroz tezroq bo‘ldi. Kvotorda esa Zeekr 9,6 soniya ko‘rsatdi. Model barqarorlik va zamonaviy ichki qulayliklar – faol yon tayanchli o‘rindiqlar, shamollatish, isitish va massaj funksiyalarini taklif etadi.

Bellashuv yakunida har ikkala model o‘ziga xos ustunliklarga ega ekanligi ma’lum bo‘ldi. Xiaomi SU7 Ultra – yengillik va sport ruhini xush ko‘radiganlar uchun, Zeekr esa barqarorlik va komfortni qadrlaydiganlar uchun mos.

Eslatib o‘tamiz, Xiaomi SU7 Ultra 2024-yil fevral oyida Xitoyda sotuvga chiqarilganida atigi ikki soat ichida 10 ming dona avtomobilga oldindan buyurtma tushgan edi. Bu kompaniya yillik rejasi darhol yopilganini anglatadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Zeekr 3,5 yilda yarim millionta elektromobil chiqargani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek