Louis Vuitton Shanxayda yangi kemasimon do‘konini ochdi

Louis Vuitton Shanxayda «The Louis» nomli yangi, kema shaklidagi hashamatli do‘konini ochdi. Bu haqda Mind Food nashri ma’lum qildi.

30 metr balandlikdagi ushbu inshoot mashhur Nankin ko‘chasida joylashgan bo‘lib, unda kafe va ko‘rgazma maydoni mavjud. Kompaniya bu orqali nafaqat mahsulot, balki esda qolarli tajriba taqdim etishni maqsad qilgan.

Xitoyda hashamatli tovarlarga talab pasaygan bir paytda, Louis Vuitton ushbu yangilik bilan mijozlar e’tiborini qayta qozonishga harakat qilmoqda. LVMH guruhining daromadi mintaqada kamaygan bo‘lsa-da, kompaniya uzoq muddatli strategiya sifatida tajribaviy savdoga tayanmoqda. Endilikda brendlar oddiy do‘kon emas, esdalikka arzigulik joylar yaratishga intilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rhode brendini $1 milliardga sotilgani haqida xabar bergan edik.