Olimlar ildiz hujayralarni boshqarishning yangi usulini topdi

eʼlon qilindi
Bu orqali ularni nerv, jigar yoki suyak hujayralariga aylantirish osonlashadi
Olimlar ildiz hujayralarni boshqarishning yangi usulini topdi / Foto: Sora

Xalqaro olimlar guruhi inson ildiz hujayralarining rivojlanishini nazorat qilishga yordam beruvchi yangi strategiyani ishlab chiqdi. Bu haqda Plos Biology nashri ma’lum qildi.

Tadqiqotda Wnt/β-katenin signalli yo‘li ba’zan hujayralarni yosh holatda ushlab qolishi, ba’zida esa ularni rivojlanishga undashi aniqlangan. Buning sababi – hujayraning dastlabki holati va tashqi sharoitlarda ekan.

Yangi NME7AB o‘sish omili yordamida hujayralar «naiv» (ya’ni moslashuvchan) holatda saqlanadi va ularni zaruratga qarab nerv, jigar yoki suyak hujayralariga aylantirish osonlashadi. Bu kashfiyot kelajakda miya, jigar va bo‘g‘im kasalliklarini hujayra terapiyasi yordamida davolash imkoniyatlarini oshiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yerdan tashqarida hayot bo‘lishi mumkin bo‘lgan sayyoralar aniqlangan edi.

Shuningdek