Yer yuzidagi eng qadimiy toshlar Kanadada topildi

Kanadaning shimoliy Kvebek hududidagi Nuvvuagittuq yashil toshli kamari olimlar tomonidan Yer tarixidagi eng qadimiy jinslardan biri sifatida tan olindi. Bu haqda CNN axborot agentligi ma’lum qildi.
Geolog Jonatan O’Nil boshchiligidagi tadqiqotga ko‘ra, bu toshlarning yoshi 4,16 mlrd yilni tashkil qiladi. Bu Yerning ilk geologik davri bo‘lgan Hadey davriga to‘g‘ri keladi.
Toshlar tarkibida zirkon minerallari topilmagani bois olimlar noyob usul – samarium va neodimiy izotoplarining parchalanishiga asoslangan radiometrik tahlilni qo‘llashdi. Natijalar toshlarning Yer qobig‘ining ilk qoldiqlari bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatdi.
Bu kashfiyot Yerning dastlabki shakllanishi va hayotning paydo bo‘lishi haqida yangi bilimlar beradi. Boshqa olimlar ehtiyotkorlik bilan yondashayotgan bo‘lsa-da, yangi tadqiqot geologik tarixning eng qadimiy sahifalarini ochib berishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq olimlar ildiz hujayralarni boshqarishning yangi usulini topgan edi.