Milliy bank va Aloqa bankka yoshlarni ish bilan ta’minlash uchun 300 million dollar ajratiladi

eʼlon qilindi
Yozgi ta’tilda 3 milliondan ortiq yoshlar ish bilan ta’minlanadi
Foto: pressmaster / www.depositphotos.com

O‘zbekistonda o‘qishga kira olmagan maktab bitiruvchilari, texnikum va oliy ta’lim muassasalarini tamomlayotgan yoshlarni ish bilan ta’minlash maqsadida ikkita alohida dasturni joriy etdi. Bu haqda prezident yoshlar bilan uchrashuv chog’ida ma’lum qildi.

Mazkur tashabbuslarni moliyalashtirish uchun Aloqabank va Milliy bankka jami $300 million yo‘naltiriladi. Ushbu mablag‘lar doirasida «Yoshlar biznesi» dasturi orqali 100 ming nafar yoshlarga, «Kelajakka qadam» dasturi orqali esa 140 ming nafar oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilariga daromadli ish o‘rinlari yaratish belgilangan.

Bundan tashqari, Bandlik vazirligi, Savdo-sanoat palatasi hamda Milliy bank hamkorligida oliygoh, texnikum va kasb-hunar ta’limi bitiruvchilarini ish beruvchilar bilan bog‘lovchi maxsus onlayn platforma ishga tushiriladi.

Shuningdek, Bandlik, Maktab va Oliy ta’lim vazirliklari tomonidan «Harakatda daromad» nomli elektron tizim yaratiladi. Ushbu tizim orqali yozgi ta’til davrida bo‘lgan 3 milliondan ortiq yoshlar malaka talab qilmaydigan ish turlari bilan vaqtincha band qilinadi.

Shuningdek, har yili yuqori sinf o‘quvchilarining kasbga qiziqishini oshirish va yo‘nalish tanlashiga ko‘maklashish maqsadida «Mening kasbim» respublika tanlovi o‘tkaziladi.

Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekiston yoshlari Top – 500 oliygohlarga kirish bo‘yicha Markaziy Osiyoda 1-o‘ringa chiqqani haqida yozgandi.

Shuningdek