To‘rt oyda O‘zbekistonga 3,1 milliondan ortiq sayyoh tashrif buyurdi
eʼlon qilindi
Eng ko‘p turistlar Qirg‘izistondan tashrif buyurgan

2025-yilning yanvar – aprel oylarida O‘zbekistonga 3,1 mln nafar chet ellik turist tashrif buyurdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Bu o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan 46,4 foizga ko‘p, ya’ni 987,9 ming nafarga oshgan.
Eng ko‘p sayyohlar Qirg‘iziston (942,2 ming), Tojikiston (793,9 ming) va Qozog‘istondan (617,2 ming) kelgan. Shuningdek, Rossiya, Afg‘oniston, Turkmaniston, Turkiya, Xitoy, Hindiston va Italiyadan ham minglab sayyohlar kelgani qayd etildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq yil davomida O‘zbekistonda xorijiy kapital ishtirokidagi firmalar soni 14 foizga oshgan edi.