Realme 15 va 15 Pro tez orada taqdim etiladi

1-iyul 2025 09:46 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Realme
Realme 15 va 15 Pro tez orada taqdim etiladi / Foto: Realme

Realme 15 va 15 Pro smartfonlari tez orada Hindistonda taqdim etiladi. Bu haqda GSMArena texnologiyalar nashri xabar bermoqda.

Hozircha faqat Realme 15 va Realme 15 Pro modellari taqdim etiladi. Pro+ versiyasi esa keyinroq chiqishi kutilmoqda.

Yangi modellar, asosan, sun’iy intellekt asosidagi kamera imkoniyatlari bilan ajralib turadi. Ilgari faqat Pro+ versiyasiga tegishli bo‘lgan ilg‘or kamera funksiyalari endi oddiy Pro modelida ham bo‘ladi. Surat sifati va ishlov berish tezligi ancha yaxshilanadi.

Realme 15 Pro modeli «AI party phone» nomi bilan reklama qilinmoqda. Bu telefon konsertlar yoki tungi tadbirlardagi yorug‘lik sharoitlariga moslashib, suratga olishda ranglar, kontrast va obturani avtomatik sozlab beradi. Bu esa har qanday holatda tiniq va sifatli suratlar olish imkonini yaratadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Realme kompaniyasi tomonidan yangi Realme 14 5G smartfoni taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek