Toshkentda «Euronews»ning yangi vakolatxonasi ochildi

eʼlon qilindi
Telekanal o‘zbekistonlik mahalliy jurnalistlarni o‘qitadi
Toshkentda «Euronews»ning yangi vakolatxonasi ochildi. Foto: O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi kanali

Toshkent shahrida «Euronews» o‘zining yangi vakolatxonasini ochdi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi xabar berdi.

Mazkur muhim voqea O‘zbekistonning xalqaro maydondagi ochiqligi, hamkorlikka tayyorligi va ishonchli mamlakat sifatidagi mavqeini yana bir bor tasdiqlaydi.

Bundan oldin Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Euronews» media xoldingining direktorlar kengashi raisi Pedro Vargas bilan uchrashgandi.

Uchrashuvda davlat rahbari O‘zbekiston bilan xalqaro telekanal o‘rtasida qo‘shma media loyihalarni amalga oshirish, malakali jurnalist kadrlar tayyorlash bo‘yicha olib borilayotgan sa’y-harakatlarni yuqori baholadi. Shuningdek, telekanalning Toshkentda o‘z vakolatxonasini ochish rejalari ijobiy qarshi olindi.

Shuningdek, «Euronews Academy» dasturi doirasida o‘zbekistonlik ommaviy axborot vositalari xodimlarini ilg‘or xalqaro standartlar asosida o‘qitish tashabbusi ham qo‘llab-quvvatlangandi.

Shuningdek