Namanganda 737 million so‘mlik iste’molga yaroqsiz mahsulotlar aniqlandi

eʼlon qilindi
22 768 dona iste’molga yaroqsiz alkogol va 1 050 quti hujjatsiz tamaki
Namanganda 737 million so‘mlik iste’molga yaroqsiz mahsulotlar aniqlandi/ Foto: Prokuratura departamenti

Namangan viloyati Mingbuloq tumanida iste’molga yaroqsiz 737 mln so‘mlik alkogol va tamaki mahsulotlari savdosi fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti ma’lum qildi.

Departamentning tuman bo‘limi va Bojxona xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda MChJ rahbari va fuqaro «Iftixor» MFY hududidagi binoda omborxona sifatida foydalangan holda, noqonuniy savdo bilan shug‘ullanayotganlikda qo‘lga tushdi. Ular boshqa fuqaroga 2 turdagi 197 dona alkogol mahsulotini 9,5 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlangan.

Tekshiruv davomida omborxonadan sotishga tayyorlab qo‘yilgan umumiy bahosi 737 mln so‘mlik 22 768 dona iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlari va 1 050 quti hujjatsiz tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namanganda qalbaki valyuta savdosi fosh etilgan edi.

Shuningdek