Robotlarni kamera orqali o‘z-o‘zini boshqarishga o‘rgatuvchi tizim yaratildi

2-iyul 2025 08:20 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Robotlarni kamera orqali o‘z-o‘zini boshqarishga o‘rgatuvchi tizim yaratildi / Foto: Codepolitan

Massachusets texnologiya instituti olimlari «Neyron Yakobian Maydonlar» deb nomlangan yangi tizimni ishlab chiqdilar. Bu haqda Robot Report nashri ma’lum qildi.

Ushbu tizim robotlarga murakkab datchiklarsiz, faqat kamera orqali o‘z tanasini boshqarishni o‘rganishga imkon beradi. Tizim yordamida robotlar atrof-muhitni kuzatib, harakat va boshqaruv signallari o‘rtasidagi bog‘liqlikni mustaqil o‘rganadi.

Tizim yumshoq va noodatiy shakldagi robotlar uchun ayniqsa foydalidir. U sinovlar davomida pnevmatik qo‘l, 3D-printerda yaratilgan yelka va boshqa qurilmalarda muvaffaqiyatli ishladi. Tizimga faqat bir nechta tasodifiy harakatlar va kamera orqali videokuzatuv yetarli bo‘ldi.

Kelajakda mazkur kashfiyot yordamida foydalanuvchilar oddiy telefon orqali robot harakatlarini yozib, o‘z boshqaruv modelini yaratishlari mumkin bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kaliforniya universiteti olimlari havoda ham, yerda ham harakatlana oladigan robot yaratgan edi.

Shuningdek