Qantas aviakompaniyasi bazasidan olti million mijozning ma’lumoti o‘g‘irlandi

Avstraliyaning Qantas aviakompaniyasiga qarashli mijozlar ma’lumotlari bazasiga xakerlar tomonidan yirik kiberhujum uyushtirildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma’lum qildi.
Hujum kompaniyaning qo‘ng‘iroq markazi orqali amalga oshirilib, uchinchi tomon xizmat platformasidan olti mln kishining ism-sharifi, tug‘ilgan sanasi, telefon raqami va parvozchi raqamlari o‘g‘irlangan.
Qantas hujumni aniqlagach, zudlik bilan xavfni jilovlash choralarini ko‘rganini bildirgan. Garchi aynan kim tomonidan amalga oshirilgani noma’lum bo‘lsa-da, AQSh rasmiylari bu kabi hujumlarda Scattered Spider guruhi faol bo‘layotganini aytmoqda.
Hujum Qantas obro‘sini tiklash harakatlari davom etayotgan bir paytda yuz berdi. Kompaniya mijozlar ma’lumotlari xavfsizligini ta’minlash borasida qat’iy choralar ko‘rishini va tergov ishlari davom etayotganini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Air Samarkand Isroilga reyslarni qayta tiklashi haqida yozgan edik.