Fan

Xitoy sun’iy yo‘ldoshlarga orbitada yonilg‘i quyishni sinovdan o‘tkazishga tayyorlanmoqda

2-iyul 2025 11:00 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Xitoy sun’iy yo‘ldoshlari orbitada yoqilg‘i quyish tajribasiga hozirlik ko‘rmoqda / Foto: CASC

Xitoyning «Shitszyan-21» va «Shitszyan-25» sun’iy yo‘ldoshlari Yerdan yuqori orbitada ikkinchi bor yaqinlashuv operatsiyalarini bajarmoqda. Bu haqda Space News nashri ma’lum qildi.

Bu harakatlar orbitada yonilg‘i quyish bo‘yicha rejalashtirilgan tajribaning muhim bosqichi hisoblanadi. Tajriba muvaffaqiyatli o‘tsa, bu kosmik texnologiyalardagi katta yutuq bo‘lib, Yerdagi infratuzilmaga bog‘liqlikni kamaytiradi.

Operatsiya tafsilotlari hozircha oshkor etilmagan, ammo asosiy sinov sanasidan keyin qo‘shimcha ma’lumotlar e’lon qilinishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy Marsga robot dron yuborishi haqida yozgan edik.

Shuningdek