Qidiruv tizimidagi gender tarafkashliklarni aniqlovchi sun’iy intellekt usuli yaratildi

2-iyul 2025 11:39 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Qidiruv tizimidagi gender og‘ishlarini aniqlovchi sun’iy intellekt usuli yaratildi / Foto: Sun’iy intellekt yordamida yasaldi

Jeneva va Lugano universitetlari olimlari GPT-4o kabi katta til modellari yordamida qidiruv tizimlaridagi yashirin gender tarafkashliklarni aniqlovchi yangi metodikani ishlab chiqdi. Bu haqda ArXiv ma’lum qildi.

CWEx deb nomlangan bu yondashuv natijalardagi hujjatlarning soni va ularning qidiruv ro‘yxatidagi o‘rnini baholaydi.

Ilgari og‘ishlarni aniqlashda faqat kalit so‘zlarga tayanilgan bo‘lsa, endi til modellari matnning umumiy mazmuni va ohangini tahlil qiladi. GPT-4o bu borada inson fikrlariga eng yaqin natijalarni ko‘rsatdi. Metodika ishga qabul qilish, ta’lim tavsiyalari kabi sohalarda adolatni oshirish uchun muhim vosita bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq robotlarni kamera orqali o‘z-o‘zini boshqarishga o‘rgatuvchi tizim yaratilgan edi.

Shuningdek