Iyun oyida eng ko‘p elektromobil yetkazib bergan kompaniyalar ochiqlandi

2-iyul 2025 11:28 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
elektromobillar
Iyun oyida eng ko‘p elektromobil yetkazib bergan kompaniyalar qaysilar / Foto: CarNewsChina

Xitoy elektromobil ishlab chiqaruvchilari iyun oyidagi yetkazib berish natijalarini e’lon qildi. Bu haqda CarNewschina xabar bermoqda.

Hozircha 12 ta kompaniya ma’lumot bergan bo‘lib, ulardan eng yuqori natijani Harmony Intelligent Mobility Alliance (HIMA) ko‘rsatdi. U 52 747 ta avtomobil yetkazib bergan.

Foto: CarNewsChina

HIMA 39 oy ichida jami 800 mingdan ortiq avtomobil yetkazib bergan. Uning Aito brendi iyun oyidagi natijada yetakchi bo‘lib, 44 685 ta mashina bilan umumiy yetkazib berishning 84,7 foizini tashkil etdi. Yana 4 154 ta Stelato S9 avtomobili sotilgan bo‘lib, ular 300 ming yuandan (taxminan $41 870) yuqori narxdagi elektromobillar orasida birinchi o‘rinda turdi.

Ikkinchi o‘rinda Leapmotor joy oldi. Kompaniya iyun oyida 48 mingdan ortiq avtomobil yetkazdi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 138 foiz, o‘tgan oyga qaraganda esa 6,5 foiz ko‘p. Yilning birinchi yarmida Leapmotor 221 mingdan ortiq mashina sotdi.

Foto: CarNewsChina

Li Auto 36 279 ta avtomobil bilan uchinchi o‘rinda. Biroq bu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 11,2 foizga, o‘tgan yilga qaraganda esa 23,4 foizga kamaygan. Umumiy hisobda kompaniya 1,33 milliondan ortiq avtomobil yetkazgan.

Xpeng kompaniyasi ham o‘sishni davom ettirmoqda. Iyun oyida 34 611 ta avtomobil yetkazib berildi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 224 foiz ko‘p. Kompaniya ketma-ket 8 oydirki, oyiga 30 mingdan ortiq mashina yetkazmoqda. Yil boshidan beri 197 mingdan ortiq avtomobil yetkazilgan.

Foto: CarNewsChina

Xiaomi esa yangi YU7 SUV modeli bilan bozorga faol kirib kelmoqda. Iyun oyida 25 mingdan ortiq avtomobillar yetkazildi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 78 foizga ko‘p. Ammo may oyidagi 28 mingdan ortiq natijaga qaraganda biroz pasaygan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Xitoyda eng ishonchli avtomobillar reytingi e’lon qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek