Yandex haydovchilar va kuryerlar uchun avtomatik soliq toʻlovlarini ishga tushirdi

Yandex haydovchilar va kuryerlar uchun avtomatik soliq toʻlovlarini ishga tushirdi. Bu haqda Yandex Uzbekistan «Kursiv» nashriga ma’lum qildi.
Yandex Uzbekistan soliq tizimi bilan texnik integratsiyani yakunlaganini tasdiqladi. 2-iyuldan boshlab Yandex Go xizmatlari bilan hamkorlik qiluvchi haydovchilar va kuryerlarning daromad solig‘i avtomatik tarzda to‘lanadi. Ushbu summa belgilangan muddatlarda Soliq qo‘mitasiga o‘tkaziladi.
Soliqlar ushlab qolinishi kerak bo‘lgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘g‘ridan to‘g‘ri soliq organlaridan olinadi. Barcha hisobdan chiqarishlar Yandex Pro ilovasida ko‘rsatiladi va bo‘lim soliq to‘lovchilarga ham ma’lumotlarni taqdim etadi.
Yangi tizim yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jarayonni soddalashtiradi va hisob-kitoblarda xatolik yuzaga kelishi xavfini kamaytiradi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Yandex Go biznes uchun yetkazib berish xizmatini yana uchta hududda ishga tushirayotgani haqida yozgan edi.