Shavkat Mirzoyev Ozarbayjonga davlat tashrifi bilan jo‘nab ketdi

eʼlon qilindi
Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi majlisida ishtirok etish uchun
Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugun, 2-iyul kuni Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Davlat rahbari Boku shahrida o‘tkaziladigan Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi majlisi va boshqa oliy darajadagi tadbirlarda ishtirok etadi.

Shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqiladi.

Shu bilan birga, Mirziyoyev Xonkendi shahrida o‘tkaziladigan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammitida ham qatnashadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev Minsk shahriga borgani haqida yozgandi.

Shuningdek