Iyun oyidagi eng kuchli Android smartfonlari e’lon qilindi

2-iyul 2025 17:43 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Eng kuchli Android smartfonlari
Iyun oyidagi eng kuchli Android smartfonlari e’lon qilindi / Foto: Red Magic

AnTuTu iyun oyidagi eng kuchli Android smartfonlari reytingini e’lon qildi. Unda birinchi o‘rinni Red Magic 10S Pro+ egalladi. Ushbu model 2 907 137 ball to‘plab, raqobatchilaridan o‘zib ketdi. Bu haqda Mydrivers xabar bermoqda.

Red Magic 10S Pro+ yuqori natijaga Snapdragon 8 Extreme protsessori yordamida erishdi. Unda markaziy yadroning chastotasi 4,47 GHz gacha oshirilgan, grafik protsessor esa 1,2 GHz da ishlaydi. Bu, ayniqsa, o‘yinlarda yuqori samaradorlikni ta’minlaydi.

Smartfon yuqori tezlikda ishlaydigan sovitish ventilyatori bilan jihozlangan. Bu kuchli ilovalar ishga tushirilganda chipni sovitib turadi va barqaror ishlashni ta’minlaydi.

Smartfon nomiOperativ xotiraDoimiy xotiraReyting balli
1Red Magic 10S Pro+24 GB1024 GB2 907 137
2vivo X200 Ultra16 GB1024 GB2 885 215
3OPPO Find X8 Ultra (satelit vers.)16 GB1024 GB2 883 092
4vivo X200s16 GB1024 GB2 874 892
5iQOO Neo10 Pro16 GB1024 GB2 868 057
6Honor GT Pro16 GB1024 GB2 842 016
7OnePlus Ace 3 Pro24 GB1024 GB2 726 504
8OnePlus 324 GB1024 GB2 713 111
9iQOO 1316 GB1024 GB2 701 069
10Redmi K80 Supreme Edition16 GB512 GB2 662 420

Ikkinchi o‘rinda Vivo X200 Ultra (2 885 215 ball), uchinchi o‘rinda esa Oppo Find X8 Ultra (2 883 092 ball) joy oldi. Ikkala model ham Snapdragon 8 Extreme protsessori yordamida yuqori tezlikda ishlaydi.

Vivo X200 Ultra kamera imkoniyatlariga urg‘u beradi, lekin o‘yinlarda ham yaxshi ishlaydi. Oppo Find X8 Ultra esa kuchli kamera va umumiy samaradorlikni birlashtirgan universal flagman sifatida ko‘rilmoqda.

AnTuTu reytingining qolgan o‘rinlari esa boshqa kuchli smartfonlar bilan to‘ldirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri eng ko‘p maqtov olgan smartfonlar reytingi e’lon qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek