Ozarbayjonda rus maktablari bosqichma-bosqich yopiladi

eʼlon qilindi
Uch yil ichida
Ozarbayjonda rus maktablari bosqichma-bosqich yopiladi / Foto: Elnur Ahmadov

Ozarbayjonda rus tilida ta’lim beruvchi maktablar yopilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Ijtimoiy tarmoqlarda ota-onalar maktablar bilan bog‘liq WhatsApp guruhlarida bu borada rasmiy bildirishnomalar olganini ma’lum qilmoqda, deya yozadi Oxu nashri.

Rasmiy manbalarga ko‘ra, bu jarayon bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Maqsad – Ozarbayjon tilining ta’limdagi asosiy til sifatida mavqeyini mustahkamlash va yagona ta’lim muhitini yaratish.

Kelgusi uch yil ichida rusiyzabon maktablar Ozarbayjon tilida dars o‘tishga o‘tadi, o‘qituvchilar uchun esa qayta tayyorlash kurslari tashkil qilinadi. Manba bu borada Ozarbayjon Fan va ta’lim vazirligiga rasmiy so‘rov yo‘llagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ozarbayjon o‘z hududida Rossiya tadbirlarini o‘tkazishga cheklov qo‘ygan edi.

Shuningdek