Mirziyoyev va Aliyev «Sea Breeze» sayyohlik majmuasi bilan tanishdi
eʼlon qilindi
Majmua 500 gektar maydonni egallaydi

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga tashrifi doirasida prezident Ilhom Aliyev hamrohligida Kaspiy sohilidagi «Sea Breeze» dam olish majmuasi faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Taqdimot chog‘ida davlat rahbarlariga kurortdagi dam olish zonalari, plyajlar, mehmonxonalar, sport maydonchalari va yashash majmualari haqida ma’lumot berildi.

Zamonaviy «Kaspiy riverasi» deb nom olgan majmua 500 gektar maydonni egallagan bo‘lib, 6,5 km plyaj, 150 gektarlik yashil hudud va 700 ming daraxt va butalarni o‘z ichiga oladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bokuda O‘zbekiston elchixonasining yangi binosi ochilgan edi.